USD 12683.99
EUR 13647.97
RUB 139.24

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish qaysi viloyatda qayd etilgani ma’lum qilindi

Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish Namangan va Xorazm viloyatlarida kuzatildi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Telegram kanalida ma'lum qildi va boshqa viloyatlar ham bu ko‘rsatkichni qanday oshirishi mumkinligini tushuntirdi.

 

“Hududlarda ta’limni yaxshilash bo‘yicha natijaga erishish uchun eng yaxshi tandem: jamoani birlashtira oladigan fidoyi xalq ta’limi boshqarmasi rahbari hamda uni doim qo‘llab-quvvatlaydigan viloyat hokimi”, — degan XTV rahbari.

 

Vazirning ta’kidlashicha, Namangan va Xorazm viloyatlarida shu kabi tandem bo‘lgani sababli boshqa hududlarga nisbatan maktablar masalasiga e’tibor kuchliroq bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami arafasida qator pedagoglar bilan birga ushbu ikki viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbarlari “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

 

Sherzod Shermatov bitiruvchilarning OTMlarga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi 5 talik hududlar orasida eng katta o‘sish ham aynan Namangan va Xorazmda kuzatilganini qayd etgan.

 

Jadvaldan ko‘rinishicha, O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari soni o‘tgan yilga qaraganda 1,6 barobar ortgan bo‘lsa-da, OTMga kirgan bitiruvchilar soni 2,02 barobar oshgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, tashqi omillar deyarli barcha hududga bir xil ta’sir qiladi (kvotalarning oshishi, kitoblar, DTM testlari va h.k.).

 

“Lekin aynan shu ikki hududda ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’ati boshqa hududlarnikidan ancha yuqori bo‘lganiga Namangan viloyatining o‘rni o‘tgan yildagiga nisbatan 4 pog‘onaga, Xorazmniki esa 2 pog‘onaga ko‘tarilgan”, — degan Sherzod Shermatov.

 

“Ushbu oddiy misolni o‘zi Prezidentimiz tomonidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbarlarini viloyat hokimining maslahatchisi sifatida mavqeyini ko‘tarilishi hamda hokimlarga kamida 30-40 foiz vaqtlarini maktablarga yordamga sarflashlari bo‘yicha ko‘rsatma berilishi bejizga emasligini ko‘rsatmoqda”, — deb qo‘shimcha qilgan u.

 

Vazirning aytishicha, viloyat (tuman) hokimi xalq ta’limi boshqarmasi (bo‘limi) rahbarini haftasiga kamida bir marotaba qabul qilib, muammolarini yechishda yordam bersa, albatta, o‘sha hududda ta’lim yo‘nalishida rivojlanish bo‘ladi. “Hokim tomonidan e’tibor berilmasa yoki viloyat (tuman) xalq ta’limi rahbari muammolarni to‘g‘ri tahlil qilib hokimga tushuntira bilmasa, joylarda ijobiy o‘zgarish bo‘lishi juda qiyin”, — deydi XTV rahbari.

 

Sherzod Shermatov, shuningdek, OTMga umuman kirmagan maktablar soni deyarli 3 barobarga kamaygani, bu bo‘yicha alohida batafsil ma’lumot berilishini bildirib o‘tdi. 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг