USD 12694.96
EUR 13508.71
RUB 134.66

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Turkmanistondagi maktablarda jismoniy tarbiya, musiqa, mehnat va rasm darslari bekor qilindi

 

Turkmanistondagi maktablarda o‘quv vaqtining qisqartirilishi sababli boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya, musiqa, mehnat va rasm darslari bekor qilindi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.


Katta sinflarda esa o‘quv dasturiga kiritilgan olti soat turkman tili o‘rniga to‘rt soat, uch soat rus tili o‘rniga ikki soat, ikki soat biologiya, tarix va geografiya darslari o‘rniga bir soatdan dars o‘tilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida ko‘plab mamlakatlardagi maktablarda darslar qisqartirilgan dasturlar asosida o‘tilmoqda. Biroq Turkmanistonda ta’lim soatlarini va fanlar sonini qisqartirish bo‘yicha rasmiy topshiriq yo‘q, shuning uchun o‘qituvchilar darslar xuddi avvalgi me’yorlarda o‘tayotganidek jurnallarni va ish daftarlarini to‘ldirishga majbur qilinmoqda.

Shuningdek, qo‘yilgan baholar ham avvalgi dars soatlari va fanlar soniga mos kelishi kerak. Shuning uchun turkmanistonlik o‘qituvchilar nafaqat soxta ma’lumotlarni ko‘rsatishga, balki o‘ylab topilgan baholarni ham qo‘yishga majbur bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston maktablarida har bir sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha, darslar davomiyligi esa 25-35 daqiqagacha qisqartirilgandi.

Avvalroq Ashxobodda rus tilida ta’lim beriladigan sinflar sanitariya-gigiyena me’yorlariga amal qilish zarurati sababli yopilgani munosabati bilan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatda rus tili sinflarining yopilishi bilan bog‘liq vaziyatni tushuntirishni so‘rab, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborgani haqida xabar berilgandi.


   

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг