USD 12697.00
EUR 13547.70
RUB 135.05

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

O‘zbekistonda 14-sentabrdan jami maktablarning chorak qismi — 2635 ta maktabda darslar an’anaviy shaklda boshlandi

O‘zbekistonda 14-sentabrdan boshlab yana 2300 dan ortiq maktab ochilib, ularda an’anaviy ta’lim boshlanadi. Shunday qilib, mamlakatda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan maktablar soni 2635 tani tashkil etadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.


Aksariyat maktablarda an’anaviy ta’lim oktabr oyiga qadar tiklanishi kutilmoqda. Bunda maktablarni ochish haqidagi qaror individual tarzda joylardagi haqiqiy holat hamda sog‘liqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq, mahalliy kengashlar deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilindi.

“Bunday qaror hududdagi epidemiologik vaziyat, o‘qituvchilarda aniqlangan koronavirus ko‘rsatkichi, hududdagi sog‘liqni saqlash tizimining vaziyatga tayyorligidan kelib chiqib qabul qilinadi.

Bunda har bir hudud individual tarzda yondashayotganligini ham alohida qayd etish mumkin. Aytaylik, Navoiy viloyatidagi ba’zi maktablarda dastlabki haftalarda, asosan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari an’anaviy ta’lim shakliga jalb qilinmoqda, boshqa viloyatlarda esa maktabning har bir sinfi turli vaqtda va navbatda o‘qishni tashkil qilmoqda.

Har bir viloyat va tuman kesimida faoliyati tiklanayotgan maktablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishliligi bo‘yicha hokimliklar va tuman xalq ta’limi bo‘limlari rasmiy internet tarmoqlarida e’lon qilinishi belgilangan. Shu bilan birgalikda, maktablar sinf rahbarlari orqali ota-onalarni xabardor qiladilar”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari soni 10 mingga yaqin. O‘quvchilar 6,2 million nafar, o‘qituvchilar esa 486 mingdan oshadi.

 

Avvalroq O‘zbekistonda pandemiya sharoitida o‘qituvchi va o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida maktab o‘qituvchilaridan ommaviy ravishda COVID-19’ga test olinayotgani ma'lum qilindi. 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг